16 jan 11:14
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. 18 yoshli Kori Goff g'alaba bilan boshladi
Avstraliyaning Melburn shahrida mavsumning ilk "Katta Dubulg'a" turniri start oldi.
Avstraliya Ochiq chempionatining ilk davrasida dunyoning ettinchi raketkasi, amerikalik Kori Goff WTA reytingida 48-pog'onada borayotgan chexiyalik Katerdina Sinyakovani 6/1, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Etmish olti daqiqa davom etgan bahsda har ikki tennischi ham bittadan eys zarbasini amalga oshirgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob amerikalik foydasiga 4:1 ko'rinishiga keldi.
Endi Kori Australian Open turnirining ikkinchi davrasida britaniyalik Emma Radukanuga qarshi kortga chiqadi. Emma o'z navbatida germaniyalik Tamara Korpachdan ustun keldi - 6/3, 6/2.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar