So’nggi yangiliklar

19:05ИНТЕРВЬЮ. Футбол ўйнаганим учун дадам уришмасин деб, боксга борганман — Шаҳобиддин Эгамов 0 19:04ITF М15. Шин Анталиядаги юришини нимчорак финалда тўхтатди 0 18:43Жон Жонс Том Аспиналл ва Ган ўртасидаги жанг ҳақида гапирди 0 18:22Мераб Двалишвили: "Яннинг энг катта хатоси – у мени ҳурмат қилмагани" 0 18:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон 0 17:39Тожикистон ва КХДР Asian Boxing сафига ўтди 0 17:17UFC жангчиси шу йилнинг ўзида олтинчи марта ҳибсга олинди 0 16:54Асадбек Саидов Octagon 80 турниридаги иштироки орқали бонусга лойиқ кўрилди 0 16:29Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди 0 16:08Доғистонда Ислам Махачев номли кўча пайдо бўлди 0 15:47Достон Бозоров визани қўлга киритди (ФОТО) 0 15:26"Ҳумо" қайтяпти: жамоа Ўзбекистон очиқ чемпионатида иштирок этишини тасдиқлади. Бугун илк ўйин! 0 15:05Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди + ФОТО 0 14:44PFL Лигаси Гран-При форматини бекор қилди 0 14:23Шаббона Абдувалиева "Катта Дубулға" турнирига йўлланма қўлга киритди 0

01 fev 11:20
Yangiliklar

Tennis

Australian Open–2023 muxlislar tashrifi bo'yicha barcha "Katta Dubulg'a" turnirlari rekordini o'rnatdi

Teglar :  Australian Open
Australian Open-2023 musobaqasi tomoshabinlar tashrifi bo'yicha tarixga kirdi.

Ikki hafta davomida Avstraliyaning Melburn shahri mezbonlik qilgan musobaqaga 839 192 muxlis tashrif buyurgan (saralash bahslari hisobga olinsa bu ko'rsatkich 902 312 kishiga oshadi). Oldingi rekord 812 174 kishi bilan 2020 yilda Avstraliyada o'rnatilgan (pandemiyadan oldingi oxirgi turnir).

Bundan tashqari, 21 yanvar kuni Avstraliya ochiq chempionatiga jami 94 854 tomoshabin tashrif buyurdi, bu avvalgi rekord (93 709 )dan 1 145 taga ko'p.

"Ko'pchilik (Rojer Federer, Serena Uilyams va Eshli Barti ketganidan keyin) bizda endi buyuklar yo'qligini, hammasi dahshatli bo'lishini aytishdi. Lekin odamlar shunchaki dam olishni xohlashadi, tennis esa ajoyib imkoniyat. Bu melburnliklar va avstraliyaliklar, shuningdek, butun dunyodan kelgan mehmonlarimiz uchun yozgi o'yin-kulgiga aylandi”, - dedi Tennis Australia bosh direktori Kreyg Tili The Age nashriga bergan intervyusida.

Tilining fikricha, kelasi yili turnir birinchi marta million tomoshabin chegarasidan o'tishi mumkin:

"Bu yilgi ko'rsatkich faqat boshlanishi. Kelasi yil uch haftalik feeriya bo'ladi."

Eslatib o'tamiz, "Uimbldon-2022"ning asosiy to'r o'yinlariga 515 164 kishi, "Rolan Garros-2022"ga 613 500 nafar, US Open-2022ga 776 120 kishi tashrif buyurgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing