19 jan 13:47
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. 4 soat davom etgan uchrashuvda 2-raqam ostida saralangan Ruud turnirni tark etdi
Melburnda Australian Open turnirning ikkinchi davra o'yinlari davom etyapti.
Amerikalik tennischi Jenson Bruksbi turnirning ikkinchi davra uchrashuvida norvegiyalik Kasper Ruudni mag'lub etdi. Etiborlisi Ruud turnirda 2-raqam ostida saralangan edi. Ushbu bahs «Melburn Park» arenasida bo'lib o'tdi.
3 soatu 56 daqiqa davom etgan uchrashuvda Bruksbi 6/3, 7/5, 6/7 (4/7), 6/3 hisobida raqibidan ustun keldi va uchinchi davraga yo'l oldi.
Umumiy sovrin jamg'armasi 51 million dollarni tashkil etadigan turnir 29 yanvarga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar