17 jan 16:49
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Andrey Rublyov raqibini deyarli sezmadi
Melburn shahri kortlarida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati davom etmoqda.
Dunyoning oltinchi raketkasi bo'lib turgan rossiyalik Andrey Rublyov musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi. U ilk davrada reytingning 98-pog'onasida borayotgan avstriyalik Dominik Timni 6/3, 6/4, 6/2 hisoblarida taslim etdi.
Ikki soatu 9 daqiqa davom etgan bahsda Rublyov 7, Tim esa 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Andrey 3 ta xatoga yo'l qo'ydi. Dominik esa bu borada bexato o'ynadi. Rossiyalik tennischi o'zaro uchrashuvlardagi hisobni yiriklashtirdi - 6:3.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar