28 jan 16:18
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Ayollar o'rtasidagi g'olib uch setda aniqlandi
Melburn shahri mezbonligida yakuniga etib borayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining ayollar o'rtasidagi bu yilgi g'olibasi malum bo'ldi.
Ikki soatu 29 daqiqa davom etgan final uchrashuvida Qozog'iston vakilasi Elena Ribakina belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi bahs olib bordi. Ribakina dunyoning 22, Sobolenko esa beshinchi raketkasi edi.
Afsonaviy "Rod Leyver Arena"da o'tgan murosasiz finalda Arina Sobolenko 4/6, 6/3, 6/4 hisoblarida g'alaba qozonib, Australiam Open 2023 chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar