28 jan 11:22
Yangiliklar
Australian Open. Bugun ayollar o'rtasida final o'yini o'tkaziladi
Qozog'iston vakilasi Elena Ribakina va belaruslik Arina Sobolenko chempionlik uchun kurash olib boradi. Turnirda 22-raqam ostida ishtirok etgan 23 yoshli Ribakina ilk bor Australian Open finaliga chiqdi. Bungacha uning eng yaxshi natijasi 2020 yilgi turnirning uchinchi bosqichiga chiqish bo'lgan. SHu bilan birga, Elena "Katta Dubulg'a" turnirining finali va undagi g'alaba nima ekanligini allaqachon yaxshi biladi. 2022 yilda sportchi hal qiluvchi bahsda tunislik Ons Jaberni mag'lub etib, sensacion tarzda "Uimbldon"da g'alaba qozongandi.
Beshinchi raqam ostida tasniflangan 24 yoshli Sobolenkoga kelsak, u avval Avstraliya Ochiq chempionatining to'rtinchi bosqichidan nariga o'ta olmagan. Va nihoyat, "Ulkan Toj" turnirlarining yarim finalidagi muvaffaqiyatsizliklar seriyasini to'xtatdi. Bungacha Arina "Katta Dubulg'a" turnirida uch marta kuchli to'rtlikka kirgan, ammo har safar mag'lubiyatga uchragan: 2021 yilda "Uimbldon" va US Open, 2022 yilda US Open musobaqalarida.
Sobolenko ayni paytda jahon reytingida 5, Ribakina esa 25-o'rindan joy olgan.
Final bahsi Toshkent vaqti bilan 13:30 da start oladi. Uchrashuv "Rod Leyver Arena"da bo'lib o'tadi.
Fikrlar