27 jan 12:23
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Erkaklar o'rtasidagi musobaqada ilk finalchi malum
Melburn shahri mezbonligida o'tayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Biroz avval erkaklar o'rtasidagi musobaqaning yakkalik bahslarida ilk finalchining nomi malum bo'ldi. Yarim finalning dastlabki o'yinida ATP reytingida 20-pog'onada borayotgan rossiyalik Karen Xachanov dunyoning 4-raketkasi greciyalik Stefanos Cicipasga imkoniyatni boy berdi - 6/7(1), 4/6, 7/6(6), 3/6.
Uch soatu 21 daqiqa davom etgan bahsdan so'ng tennischilar o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlardagi hisob yanada yiriklashdi - 6:0. Xachanov 10, Cicipas 18 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Cicipas faoliyatida ilk bor Australian Open finalida o'ynaydi. Uning raqibi birozdan so'ng boshlanadigan Novak Jokovich - Tommi Pol uchrashuvidan so'ng aniqlanadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar