21 jan 09:03
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. "Eychsilar" bahsida Xachanov g'alaba qozondi
Melburnda davom etayotgan Australian Open turnirining birinchi haftasi o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Erkaklar o'rtasidagi bahslarda dunyoning 20-raketkasi Karen Xachanov nimchorak finalga yo'l oldi. Rossiyalik tennischi uchinchi davrada reytingda o'zidan uch pog'ona yuqorida borayotgan amerikalik Frensis Tiafoni 6/3, 6/4, 3/6, 7/6(9) hisobida taslim etdi.
Uch soatu 33 daqiqa davom etgan bahsda Xachanov 19, Tiafo 15 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0. Xachanovning Avstraliya Ochiq chempionatidagi navbatdagi raqibi Yosixito Nisioka bo'ladi. Yaponiyalik tennischi o'z o'rnida amerikalik Makkenzi Makdonaldni taslim etdi - 7/6(6), 6/3, 6/2.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar