25 jan 18:21
Yangiliklar
Australian Open. Jokovich Rublyovni ishonchli tarzda mag'lub etib, 1/2 finalga yo'l oldi
"Katta Dubulg'a" turkumidagi turnirlarning 21 karra g'olibi serbiyalik Novak Jokovich Avstraliya Ochiq chempionatining chorak finalida rossiyalik Andrey Rublyovni ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/2, 6/4.
Uchrashuv 2 soatu 4 daqiqa davom etdi. O'yin davomida Jokovich 14 ta eys zarbasini amalga oshirdi, 5 ta qo'shxato qayd etib, 14 ta breyk-poyntnining 5 tasidan unumli foydalandi. Rublyov esa 6 ta eys va 3 ta qo'shxato qayd etib, 5 ta breykning birortasidan foydalana olmadi.
Jokovichning Australian Open 1/2 finalidagi raqibi chorak finalda hamyurti Ben SHeltonni mag'lub etgan amerikalik Tommi Pol bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, 16 yanvar kuni start olgan Avstraliya Ochiq chempionati 29 yanvargacha davom etadi. Turnirning umumiy sovrin jamg'armasi 51 million dollarni tashkil etadi. Musobaqaning amaldagi g'olibi ispaniyalik Rafael Nadal bo'lib, u turnirni ikkinchi bosqichdayoq tark etgan edi.
Fikrlar