18 jan 16:48
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Karen Xachanov uchinchi davrada
Dunyoning 20-raketkasi Karen Xachanov Avstraliya Ochiq chempionatining uchinchi bosqich yo'llanasini qo'lga kiritdi.
Rossiyalik tennischi 5 daqiqasi kam 3 soat davom etgan uchrashuvda ATP reytingida 84-pog'onada borayotgan avstraliyalik Jeyson Kablerdan ustun keldi - 6/4, 5/7, 6/4, 6/2.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Xachanov 14, Kabler 12 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Har ikki tennischi ham 2 tadan majburiy bo'lmagan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Endi Karen 1/8 final yo'llanmasi uchun AQSH vakili Frensis Tiafoga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar