21 jan 16:51
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Novak Jokovich ishtirokidagi bahs uch set davom etdi
Avstraliyaning Melburn shahrida mavsumning ilk "Katta Dubulg'a" turniri davom etmoqda.
Dunyoning beshinchi raketkasi bo'lib turgan Novak Jokovich uchinchi davra uchrashuvini o'tkazdi. Serbiyalik tennis yulduzi 3 soatu 6 daqiqa davom etgan bahsda ATP reytingida 28-pog'onada borayotgan bolgariyalik Grigor Dimitrovni 7/6(7), 6/3, 6/4 hisoblarida taslim etdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan 11-uchrashuvi edi. Bolgariyalik faoliyatida faqat bir marotaba nomdor raqibini mag'lubiyatga uchratgan. Jokovich 10, Dimitrov 13 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi Novak Australian Open 1/8 finalida avstraliyalik Aleks De Minaurga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar