23 jan 16:08
Yangiliklar
Australian Open. Rublyov - Rune uchrashuvi g'olibi 5 setda aniqlandi
Biroz avval erkaklar o'rtasidagi turnirda to'rtinchi davraning murosasiz uchrashuvi yakuniga etdi. Unda dunyoning oltinchi raketkasi, rossiyalik Andrey Rublyov ATP reytingida 10-pog'onada borayotgan daniyalik Xolgera Runeni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Uch soatu 39 daqiqa davom etgan besh setlik bahs yakunida Rublyov 6/3, 3/6, 6/3, 4/6, 7/6(9) hisoblarida g'alaba qozonib, keyingi davraga yo'l oldi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1.
Andrey Rublyov 22, Xolger Rune esa 8 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 5 tadan breykka erishdi. Qo'shxatolar esa Runeda uch barobar ko'proq bo'ldi - 12 ga 4! Rossiyalik tennischining navbatdagi raqibi Novak Jokovich - Aleks De Minaur uchrashuvida aniqlanadi.
Fikrlar