26 jan 19:54
Yangiliklar
Tennis
Australian Open turnirining ikkinchi finalchisi ham malum
Melburn kortlarida davom etayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining ikkinchi yarim final uchrashuvi o'tkazildi.
Dunyoning beshinchi raketkasi Arina Sobolenko hal qiluvchi final uchrashuvida o'z omadini sinab ko'radigan bo'ldi. Belaruslik tennis malikasi 95 daqiqa davom etgan 1/2 final bahsida WTA reytingida 45-pog'onadan joy olgan polshalik Magda Linettni 7/6(1), 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0. Arina 6 ta eys, 2 ta qo'shxato va 3 ta breyk qayd etdi. Sobolenko ketma-ket 10 ta uchrashuvda g'alaba qozondi. Endi u Australian Open 2023 bosh sovrini uchun qozog'istonlik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar