23 iyu 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Azamat Nuftillaev Parijda kamar uchun jang qiladi + POSTER
Taniqli aralash yakkakurash ustamiz Azamat Nuftillaev navbatdagi jangini Franciyada o'tkazadigan bo'ldi.
Nuftillaev 2 sentyabr kuni Franciya poytaxti Parij shahrida oktagonga ko'tariladi. Ares Fighting Championship promoushenining xabar berishicha, Nuftillaev og'ir vazn toifasida vakant qolgan kamar uchun jang qiladi. Mazkur bahsda hamyurtimizga tunislik Slim Trabelsi raqiblik qiladi.
Avvalroq, "Dragon" ushbu promoushen bilan 4 ta jangga shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar