09 sen 15:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Azizbek Abdug'ofurov Eliminator jangda ishtirok etadi, jang sanasi va raqib aniq
Professional bokschimiz Azizbek Abdug'ofurovning navbatdagi jang sanasi aniq bo'ldi.
Unga ko'ra, hamyurtimiz 24 sentyabr kuni Polshada kubalik Osleys Iglesiasga qarshi ringga ko'tariladi.
Ushbu jang g'olibi IBO kamari uchun davogarga aylanadi.
Malumot uchun, Azizbek Abdug'ofurov shu kungacha prof ringda 15 ta jang o'tkazib, ularning 14 tasida g'alaba qozongan (5 ta nokaut). 1 ta jangda imkoniyatni boy bergan.
Iglesias esa prof ringda 6 ta jang o'tkazib, barchasida g'alabaga erishgan. 5 ta jangni u muddatidan oldin yakunlagan.
Yana bir malumot, Iglesias havaskor boksdagi faoliyati davomida Isroil Madrimov bilan ham jang qilgan va hamyurtimizga imkoniyatni boy bergan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar