So’nggi yangiliklar

17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0

26 noy 16:46
Yangiliklar

Dzyudo

Azizjon Kamilov: "IJF bilan keng qamrovli hamkorlik yo'lga qo'yilgan"

Yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati bilan yurtimizda dzyudo musobaqalari restarti amalga oshdi.

Kattalar terma jamoamiz xalqaro restart amalga oshgan Budapesht "Katta Dubulg'a" turnirida ishtirok etdi. Yoshlarimiz (2000-2002 yilda tug'ilganlar) esa o'tgan haftada poytaxtimizdagi "Universal" sport majmuasida jam bo'lishdi. 

Takidlash joiz, musobaqa ko'tarinki kayfiyatda, murosasiz bellashuvlarga boy tarzda o'tdi. Ishtirokchilarning uzoq davom etgan karantindan keyin tatamini sog'inib qolishgani ularning xatti-harakati va intilishlaridan shundoqqina sezilib turdi. Biz mavsum restarti hamda istiqboldagi rejalar xususida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rais o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilovdan intervyu oldik.     

- Azizjon Yakubjanovich, Budapeshtdagi musobaqadan so'ng yurtimizda ham nihoyat dzyudo restarti amalga oshdi. O'zbekiston chempionati muvaffaqiyatli tarzda o'tdi. Keling, suhbatimizni ayni mavzu bo'yicha fikrlaringiz bilan boshlasak.

- Birinchi galda shunday qiyin vaziyatga qaramay, Budapesht "Katta Dubulg'a" turnirini yuqori saviyada tashkil etgan Vengriya hukumati va mamlakat dzyudo federaciyasi hamda Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF)ga o'z tashakkurimni izhor qilaman. Safarda bo'lganimizda bu haqida ularning o'zlariga ham aytdim. Haqiqatan ham, musobaqa tashkiliy jihatdan kutilganidan alo darajada o'tkazildi. Restart xalqaro dzyudo oilasi uchun muvaffaqiyatli chiqdi desam yanglishmayman. Endi albatta, karantin sabab dzyudosiz o'tgan sakkiz oylik tanaffus o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Istaymizmi yo'q, uzoq muddatli musobaqalarsiz hayot natijalarda o'z aksini topdi. Bu holatda keskin fikr bildirish ham noo'rindek. Buni tabiiy jarayon sifatida qabul qilish kerak, nazarimda. -66 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Sardor Nurillaev 5-o'rin hamda qimmatli 360 reyting ochkosini qo'lga kiritdi. Qolgan dzyudochilarimiz ham etib borgan bosqichlariga qarab malum reyting ochkolarini o'z hisoblariga yozib qo'yishdi. Albatta, Ilias Iliadis boshchiligidagi murabbiylar shtabi Vengriyadagi restart turnirini chuqur tahlil qilishdi. Yo'l qo'yilgan kamchiliklar ustida ishlashayapti. O'z o'rnida biz Milliy olimpiya qo'mitasi va Jismoniy tarbiya sport vazirligi bilan hamkorlikda dzyudochilarimizning avvalgi sport formalariga qaytishlari uchun bor imkoniyatni ishga solayapmiz. SHu maqsadda Toshkentda besh davlat - Misr, Gruziya, Qirg'iziston, Franciya va O'zbekiston terma jamoalari ishtirokida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etildi. Ishtirokchi davlatlar Toshkentga o'zlarning kuchli tarkiblari bilan kelishdi. Olimpiada va jahon chempionatlari g'olib hamda sovrindorlari ishtirokidagi ushbu yig'in barcha qatnashchilar uchun foydali bo'ldi deb o'ylayman.  

- Budapesht turniri doirasida siz IJF prezidenti Marius Vizer bilan uchrashdingiz. Suhbat davomida qanday masalalar muhokama qilindi?

- O'zbekiston dzyudo federaciyasi hamda IJF o'rtasida keng qamrovli hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Xalqaro dzyudo federaciyasining "Maktablarda dzyudo" loyihasi yurtimizda amaliyotga tadbiq etilmoqda. IJF tomonidan ushbu maktablarga tatami va kimanolar etkazib berilayapti. Hakamlarimiz jahon va Osiyo chempionatlari, "Masters", "Katta Dubulg'a", Gran-pri turnirlariga taklif etilyapti. Poytaxtimizda muntazam Gran-pri turniri o'tkazib kelinmoqda. O'tgan yilgi ushbu turnir ilk bor muhtasham "Humo Arena"da yuqori saviyada tashkil qilindi. Buni yurtimizga tashrif buyurgan mutaxassislar, xalqaro ekspertlar ham etirof etishdi. Buning natijasida mamlakatimizga tarixda ilk bor kattalar o'rtasidagi jahon chempionati mezbonligi ishonib topshirildi. Afsuski, pandemik vaziyat sabab ushbu musobaqa bu yil o'tkazilmadi. IJF prezidenti bilan Budapeshtdagi uchrashuvimizda ayni masala ham muhokama qilindi. Janob Vizer pandemik vaziyat tufayli bu yil Toshkentda o'tkazilmay qolgan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatini 2022 yilga ko'chirish taklifini berdi. O'ylaymanki, biz hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan ikki Olimpiada o'rtasidagi yilning eng nufuzli musobaqasini yuqori saviyada tashkil etamiz. SHu o'rinda yana bir kutilayotgan yangilikni aytib o'tmoqchiman. Bo'lajak jahon chempionati doirasida xalqaro biznes Forum hamda ko'rgazmaning o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Darvoqe, 2022 yilda O'zbekiston dzyudosining 80 yilligi ham keng nishonlanadi. Ko'rib turganingizdek, rejalarimiz ulkan. Yil so'nggiga qadar kattalar va o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatlarini o'tkazamiz. Nasib qilsa, 2021 yilning yanvar oyida dzyudochilarimiz Qatarda o'tkaziladigan yangi mavsumning dastlabki musobaqasida ishtirok etishadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing