So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

07 dek 15:58
Yangiliklar

Dzyudo

Azizjon Kamilov Rimda Italiya sporti mutasaddilari bilan uchrashdi

Teglar :  Dzyudo
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov Italiya poytaxti Rim shahrida ushbu mamlakat dzyudo federaciyasi rahbari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Kamilov rasmiy maqomdagi tashrif chog'ida Italiya yakkakurash sport turlari (FILJKAM) va dzyudo federaciyalari prezidenti Domeniko Falkoni, bosh kotib Massimiliano Benuchchi, texnik direktor, yaponiyalik Kiyoshi Murakami, Italiya kurash (o'zbek kurashi) federaciyasi prezidenti Vittorio Jorji hamda ushbu tadbir tashkilotchisi O'zbekistonning Italiyadagi favqulotda va muxtor elchisi Otabek Akbarov bilan uchrashdi.   

Ishchan ruhda o'tgan uchrashuv davomida qator muhim masalalar muhokama qilindi. Ular orasida O'zbekiston va Italiya dzyudo federaciyalari o'rtasida hamkorlik o'rnatish, Toshkentda ikki davlat asosiy tarkib terma jamoalarining qo'shma yig'inini o'tkazish, sport tibbiyoti va farmakologiya sohasida birgalikda ishlash, ikki mamlakat murabbiy va hakamlari uchun qo'shma seminarlar tashkil etish kabi masalalarni alohida takidlash o'rinli bo'ladi. 

SHuningdek, Azizjon Kamilov yakkakurash sport turlari uchun baza vazifasini o'tovchi Olimpiya markaziga ham tashrif buyurdi. Barcha sharoitlarga ega zamonaviy markazda Italiyaning olimpiya oilasiga mansub yakkakurash sport turlari bo'yicha turli yosh toifasidagi terma jamoalari mashg'ulot o'tkazadi. 

Uchrashuv so'nggida Azizjon Kamilov Italiya dzyudo federaciyasi prezidenti Domeniko Falkonini Toshkentga taklif qildi. O'zbekona urf-odatlarimizga ko'ra to'n kiydirildi. Taklifni xursandchilik bilan qabul qilgan Falkoni tez orada O'zbekistonga tashrif buyurishga vada berdi. Federaciya rahbarlari bir-birlariga to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi - Tokio-2020 Olimpiadasida omad tilashdi. 

O'zbekiston dzyudo federaciyasi mazkur uchrashuvni tashkil etishda amaliy ko'mak bergan mamlakatimizning Italiyadagi favqulotda va muxtor elchisi Otabek Akbarovga minnatdorchilik bildiradi.

O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing