So’nggi yangiliklar

21:57Двалишвили Нурмагомедовга "ответ" қилди: "Сизлар майда одамсизлар" 0 21:29"Милан" 4 футболчисини трансферга қўяди 0 20:55"Туран жангчиси" UFC`дан четлатилди 0 20:22Ислам Махачевга Конорга қарши бокс жанги таклиф қилинди 0 19:58Кудерметова Cincinnati Open саралаши финалига йўл олди 0 19:33Маркиньос ПСЖ билан 40-совринини қўлга киритди 0 19:00Тошкент мезбонлик қиладиган World Boxing Жаҳон кубоги финал турнирининг саналари ўзгарди 0 18:08Астана Челленжери. Сергей Фомин ҳам ғалабали юришини давом эттирмоқда 0 17:30Қозоғистон президенти Шавкат Раҳмоновнинг отаси вафотига муносабат билдирди 0 16:46“Барселона” вингери операция қилинди 0 16:04ИНТЕРВЬЮ. UFC собиқ жангчиси Маҳмуд Мурадов билан суҳбат 0 15:28Цветков ва Ростовцев Будапештдаги турнирда 3 та медални қўлга киритишди 0 14:50Бунақаси биринчи марта: Дана Уайтнинг ёрдамчиси Dana White’s Contender Series турнирида жанг қилиб, UFC шартномасини қўлга киритиш имкониятига эга бўлади 0 14:09Ўзбекистон МТЖ Басрадаги мусобақада иштирок этиши мумкин 0 13:36"Царукян UFC чемпионлик жангига лойиқ" - собиқ чемпион 0

27 mar 08:53
Yangiliklar

Gimnastika

Badiiy gimnastika. Gran-pri yakunlandi, navbat jahon kubogiga

Franciyaning Te shahrida badiiy gimnastika bo'yicha nufuzli xalqaro musobaqalardan biri hisoblangan 32-Gran-Pri turniri yakuniga etdi.

Musobaqada Avstriya, Ozarbayjon, Belarus, Bolgariya, Isroil, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Vengriya, AQSH, Kanada, Franciya, Qozog'iston, Rossiya, O'zbekiston va boshqa mamlakat vakillari ishtirok etishdi. 

Bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi azosi Sabina Tashkenbaeva bulava bilan mashqlarda finalgacha etib bordi. Ko'pkurash yakunlariga ko'ra esa u 16-natijani qayd eta oldi. 

Jamoaviy bahslarda terma jamoamiz sharafini Safiya Qosimova, Dinara Ravshanbekova, Nilufar SHomurodova, Kseniya Aleksandrova va Kamola Ernazarovalar himoya qilishdi. Dunyoning kuchli gimnastikachilari qatorida qizlarimiz ham munosib ishtirok eta olishdi. Uchta to'p va ikkita arqon mashqida vakilalarimiz sakkizinchi o'rinni egallashdi. 

Ayni paytda qizlarimiz murabbiylar Taliya Abduramanova, Maya Filippova va Valeriya Davidovalar boshchiligida 30 mart kuni Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boshlanadigan jahon kubogiga tayyorgarlik ko'rishmoqda. 

Malumot uchun, bo'lajak jahon kubogida dunyoning 33 mamlakatidan 57 nafar gimnastikachi ishtirok etadi. Jamoaviy bahslarda esa 18 ta terma jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing