So’nggi yangiliklar

19:16Осиё чемпионатининг аралаш жамоавий баҳсларидаги илк рақиб – Ҳиндистон! 0 18:55ЖЧ-2026`да транспорт шоки: "Метлайф Стэдиум"га бориш 150 долларга тушади! 0 18:34Ҳикару Накамура чемпионлик матчида Гукеш ғалаба қозонадими ёки Жавоҳир деган саволга жавоб берди 0 18:13Авиакомпания Царукянни рейсдан "ечиш" сабабини маълум қилди 0 17:52"Винтаж моделлар" — Шевченко Рози ва Каранони телефонга қиёслади 0 17:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-17 Осиё кубогида ишлайди 0 17:21Гусков билан жанги бекор бўлган Ян Блахович бунга изоҳ берди 0 17:10Карлос Алькарас кетма-кет иккинчи йил ҳам Мадрид "Мастерс"ни ўтказиб юборади 0 17:03Кутилмаган хабар: Богдан Гусков ва Ян Блахович ўртасидаги реванш бекор бўлди 0 16:49Гурлан белбоғли кураш бўйича Ўзбекистон чемпионатига мезбонлик қилади 0 16:28Бокудаги UFC турнирининг асосий жанги маълум 0 16:07"Ливерпуль" ёзда катта "тозалаш" қилмоқчи. Жамоани 9 футболчи тарк этиши мумкин 0 15:46"Чимаев — ўзи истаганини қиладиган бўри" - UFC собиқ чемпиони 0 15:25Алишер Юсупов – Осиё чемпиони! Мусобақани 10 та медаль билан якунладик 0 15:04Гарсия Царукян олдидаги қарзи ҳақида: "Тўламайман!" 0

22 iyu 19:03
Yangiliklar

Gimnastika

Badiiy gimnastika. Qizlarimizdan navbatdagi oltin medal

Teglar :  Badiiy gimnastika
Tailandning Pattayya shahrida o'tkazilayotgan badiiy gimnastika bo'yicha Osiyo chempionati jozibali raqobat ostida davom etmoqda.

Quvonarlisi, musobaqaning bugungi kunida ham terma jamoamiz vakillari bir qator yo'nalishlar bo'yicha sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

Kunning birinchi qismida to'p bilan mashq qilish bo'yicha 5 kishilik guruh bahsida terma jamoamiz qizlari oltin medallarga sazovor bo'lishdi. Xalqada mashq qilish bo'yicha yakkalik chiqishda o'z omadini sinab ko'rgan Ekaterina Fetisova esa bronza medali bilan taqdirlandi.

SHuningdek, o'smirlar o'rtasida to'pda mashq bajarish bo'yicha Yosmina Rahimova Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan bo'lsa, shu yosh toifasida arg'amchidagi mashq bo'yicha kechgan bellashuvda Taxmina Ikromova shohsupaning ikkinchi pog'onasiga ko'tarildi.

SHu tariqa terma jamoamiz vakillarining musobaqada qo'lga kiritgan medallari 3 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronzani tashkil etmoqda. Bunday ko'rsatkich bilan qizlarimiz, shubhasiz, umumjamoa hisobida birinchi o'rinda turishibdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing