22 apr 16:48
Yangiliklar
Badiiy gimnastika. Sabina Tashkenbaeva Jahon kubogida kumush medal sohibasiga aylandi
Kecha yakkalikda ko'pkurash va jamoaviy bellashuvlar o'tkazilgandi. Bugun sportchilar yakkalik bahslarida halqa, to'p, bulava va tasma bilan mashqlarda chiqish qilishdi.
Quvonarlisi, bulava bilan mashqlarda hamyurtimiz Sabina Tashkenbaeva 8 nafar sportchi ichida 17,950 ball jamg'arib, ikkinchi o'rinni egalladi. Ushbu natija hamyurtimizga musobaqaning kumush medalini taqdim etdi. Bulava bilan mashqlar yakuniga ko'ra birinchi o'rinni rossiyalik Aleksandra Soldatova (18,000 ball) qo'lga kiritgan bo'lsa, Isroil vakilasi Linoy Ashram (17,650 ball)ga bronza medali nasib qildi.
Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O'zbekiston gimnastika federaciyasi, sportchi va uning murabbiyini tabriklab qoladi.
Fikrlar