28 sen 18:18
Yangiliklar
Gimnastika
Badiiy gimnastika. Toshkentda ananaviy xalqaro "Happy Caravan" turniri o'tkaziladi
Ertaga poytaxtimizda yana bir xalqaro musobaqa start oladi.
29-30 sentyabr kunlari O'zbekiston gimnastika saroyida badiiy gimnastika bo'yicha xalqaro "Happy Caravan" turniri bo'lib o'tadi. Musobaqada yosh sportchilar yakkalik bahslarida ishtirok etishadi. Medallar uchun Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Isroil, Qozog'iston, Qirg'iziston, Norvegiya, Rossiya va O'zbekistonning yosh gimnastlari kurash olib boradilar.
Turnirda O'zbekiston sharafini besh nafar sportchi, Ekaterina Fetisova, Milana Tyan, Nargiza Jumaniyazova va Regina Uzbekova va Lola Zokirovalar himoya qiladilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar