11 sen 13:42
Yangiliklar
Badiiy gimnastikachilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashdi
Musobaqada jahonning 58 mamlakatidan eng sara gimnastikachilar bahslarga kirishishgan. Yakkalik dasturda Sabina Tashkenbaeva, Nurinisso Usmanova va Dildora Rahmatovalar yurtimiz sharafini himoya qilmoqdalar.
CHempionat doirasida 9 ta medallar jamlanmasi o'ynaladi. Sportchilar yakkalik ko'pkurash, jamoaviy ko'pkurash, xalqa, to'p, bulava hamda tasma bo'yicha o'tkaziladigan mashqlarda sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar. Jamoviy bahslarda esa ko'pkurash, 5 ta xalqadagi mashqlar finali, 3 ta to'p va 2 ta arqon bilan mashqlar finali musobaqa dasturidan o'rin olgan.
Malumot uchun, ushbu jahon chempionatida jamoaviy ko'pkurash bo'yicha Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga dastlabki licenziyalar o'ynaladi.
Fikrlar