04 mar 08:59
Yangiliklar
Gimnastika
Badiiy gimnastikachilarimiz Jahon kubogi bosqichida ishtirok etishadi
28-30 mart kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi bosqichi o'tkaziladi.
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham ishtirok etishadi.
Xususan, Nataliya Usova hamda Lola Jo'raeva yakkalik dasturida medallar uchun kurash olib borishsa, Samira Ahmedova, Evelina Atalyanc, Mumtozabonu Ishoqzoda, Amaliya Mamedova, Yasmina Mkrticheva va Yuliya Valevatayadan iborat qizlarimiz jamoaviy yo'nalish bahslarida ishtirok etishadi.
Jarohatidan tiklanayotgan Taxmina Ikromova musobaqani o'tkazib yuboradi.
Havola :
Manba : t.me/lenakrupina
Fikrlar