So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

04 may 16:20
Yangiliklar

Gimnastika

Badiiy gimnastikachilarimiz Kuala-Lumpurdagi Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o'rinda yakunlashdi

Teglar :  Badiiy gimnastika
Xabaringiz bor, 29 aprel – 2 may kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida badiiy gimnastika bo'yicha Osiyo chempionati bahslari tashkil qilindi.

Unda III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga ham yo'llanmalar berilgani haqida xabar qilgandik. Mazkur bellashuvlarda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Ekaterina Fetisova ko'pkurash yakunlariga ko'ra oltin medalni qo'lga kiritib, Buenos-Ayres yo'llanmasiga ega chiqdi. Ana shu tariqa gimnastikachilarimiz sportning ushbu turida uchta yo'nalishi – sport akrobatikasi, sport gimnastikasi va badiiy gimnastika bo'yicha o'smirlar Olimpiya o'yinlari yo'llanmasiga ega bo'lishdi. Trampolin bo'yicha licenzion musobaqa – Osiyo chempionati 17-21 may kunlari Filippin davlatida bo'lib o'tadi. Ishonamizki, ushbu yo'nalishda ham sportchilarimiz Buenos-Ayresga yo'llanma qo'lga kiritib, barchamizni hursand qilishadi.

Kuala-Lumpurdagi Osiyo chempionatida badiiy gimnastikachilarimiz qayd etgan natijalar:

O'smir-qizlar:

Jamoaviy ko'pkurash – kumush
Yakkalik ko'pkurash – oltin (Fetisova E.), kumush (Zokirova L.)
Halqa bilan mashqlar – kumush (Zokirova L.)
Bulava bilan mashqlar – kumush (Fetisova E.)
Tasma bilan mashqlar – oltin (Fetisova E.), kumush (Zokirova L.)
O'smirlar Olimpiya o'yinlariga licenziya (Fetisova E.)

SHuningdek, kattalar o'rtasidagi musobaqada ham bir qator sportchilarimiz sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishdi:

Jamoaviy ko'pkurash – oltin
Yakkalik ko'pkurash – kumush (Tashkenbaeva S.), bronza (Usmonova N.)
Halqa bilan mashqlar – oltin (Usmonova N.)
Koptok bilan mashqlar – bronza (Usmonova N.)
Bulava bilan mashqlar – oltin (Tashkenbaeva S.), kumush (Usmonova N.)

Quvonarlisi, O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo chempionatida medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Yosh spotchilarimiz esa bu borada ikkinchi bo'lishdi. Terma jamoamiz azolari bugun yurtimizga qaytib kelishadi.

Milliy olimpiya qo'mitasi O'zbekiston gimnastika federaciyasi, murabbiylar shtabi va albatta sportchilarni Malayziyadagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan tabriklaydi va navbatdagi muhim musobaqalarda omad va zafarlar tilaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing