17 fev 07:42
Yangiliklar
Badiiy gimnastikachilarimiz Moskva Gran-Prisida sovrindor bo'lishdi
Qizlarimiz mavsumdagi ilk xalqaro turnirni muvaffaqiyatli boshlashdi. Jamoaviy ko'pkurash bahslarida (to'p bilan mashqlar, uchta halqa va ikkita bulava) bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Bu borada birinchi va ikkinchi o'rin mos ravishda Rossiya va Yaponiya terma jamoalariga nasib qildi.
Musobaqada yurtimiz sharafini Nilufar SHomurodova, Dinara Ravshanbekova, Kseniya Aleksandrova, Sofiyabonu Kasimova, Kamola Irnazarova va Sevara Safoevalar himoya qilishdi. Qizlarimiz Gran-Prida rossiyalik murabbiy Ekaterina Pirojkova qo'l ostida ishtirok etishdi.
Qayd etish lozimki, sportchilarimiz turnirda Qozog'iston, Ozarbayjon, Isroil va Turkiya kabi terma jamoalarni ortda qoldirib ketishdi.
Bugun alohida yo'nalishlar bo'yicha finallar tashkil qilinadi.
Fikrlar