So’nggi yangiliklar

21:57Двалишвили Нурмагомедовга "ответ" қилди: "Сизлар майда одамсизлар" 0 21:29"Милан" 4 футболчисини трансферга қўяди 0 20:55"Туран жангчиси" UFC`дан четлатилди 0 20:22Ислам Махачевга Конорга қарши бокс жанги таклиф қилинди 0 19:58Кудерметова Cincinnati Open саралаши финалига йўл олди 0 19:33Маркиньос ПСЖ билан 40-совринини қўлга киритди 0 19:00Тошкент мезбонлик қиладиган World Boxing Жаҳон кубоги финал турнирининг саналари ўзгарди 0 18:08Астана Челленжери. Сергей Фомин ҳам ғалабали юришини давом эттирмоқда 0 17:30Қозоғистон президенти Шавкат Раҳмоновнинг отаси вафотига муносабат билдирди 0 16:46“Барселона” вингери операция қилинди 0 16:04ИНТЕРВЬЮ. UFC собиқ жангчиси Маҳмуд Мурадов билан суҳбат 0 15:28Цветков ва Ростовцев Будапештдаги турнирда 3 та медални қўлга киритишди 0 14:50Бунақаси биринчи марта: Дана Уайтнинг ёрдамчиси Dana White’s Contender Series турнирида жанг қилиб, UFC шартномасини қўлга киритиш имкониятига эга бўлади 0 14:09Ўзбекистон МТЖ Басрадаги мусобақада иштирок этиши мумкин 0 13:36"Царукян UFC чемпионлик жангига лойиқ" - собиқ чемпион 0

11 fev 21:21
Yangiliklar

Gimnastika

Badiiy gimnastikachilarimiz yana bir xalqaro turnirda shohsupaga ko'tarilishdi

7-9 fevral kunlari Rossiyaning Sochi shahrida xalqaro toifadagi sport ustasi Ulyana Trofimova sovrinlari uchun turnir bo'lib o'tdi.

Unda Rossiyaning o'nlab shaharlari qatorida Toshkentdan ham borgan 500 ga yaqin gimnastikachilar ishtirok etishdi. Gimnastikachilarimiz ushbu musobaqada Sevar Karimova va Vlada Eshtaeva boshchiligidagi qatnashishdi. 

SHaxsiy mashqlarda o'smirlar o'rtasida Maftuna Zairova oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Asal Ikromova kattalar o'rtasidagi bellashuvlarda kumush medal bilan taqdirlandi. Guruh mashqlarida ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazgan gimnastikachilarimiz yakunda shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi. Jamoa tarkibida Kamilla Abdullaeva, Nilufar Azamova, Dinara Izzatullaeva, Sabina Ganieva va Viktoriya Kimning chiqishi oltin medalni qo'lga kiritish uchun etarli bo'ldi.

Bundan tashqari, Ulyana Trofimovaning maxsus sovrini bilan Xurshida Abduraufova, Ariana Bondareva va Sevinch Mamadalievalar taqdirlanishdi.

Qayd etish lozimki, Ulyana Trofimova 2012 yili London mezbonlik qilgan Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston sharafini himoya qilgan. U o'z vaqtida terma jamoamiz safida Osiyo o'yinlari, shuningdek Osiyo chempionatlarida sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan.

Xurshida Abdikulova


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing