15 iyu 17:29
Yangiliklar
Bahodir G'ofurov: "Tribunalardagi bayram muhitini muxlislarning o'zlari yaratmoqda"
- 2021/2022 yilgi mavsum yakuniga etdi. Hozir O'zbekistonda bolalar va yoshlar xokkeyidagi vaziyat qanday? Uni rivojlantirish bo'yicha qanday rejalar bor?
- Federaciya asosiy etiborni yoshlarga qaratdi. Yani, mavsum yoshlar xokkeyi ustuvor yo'nalishga aylandi. Biz istedodlar bilan ishladik, Qozog'iston chempionatida ikkita kattalar jamoasi qatnashdi. Qolaversa, murabbiylar shtabiga Rossiyadan mutaxassislar taklif qilib, kadrlar bilan taminladik. Muhim jihati shundaki, biz joriy 2022 yildan xokkeychilarni tayyorlash Milliy dasturi ustida ish boshladik. Bu katta hajmdagi strategik hujjat bo'lib, uning doirasida o'yinchilarni rivojlantirishning barcha asosiy strategiyasi va algoritmlari bolalikdan to yoshlik davrigacha belgilanadi. Dasturni ishlab chiqishda rossiyalik mutaxassislar ishtirok etishdi. U taniqli rus metodisti Nikolay Vasilevich Kuznecov rahbarligida yozilgan. Ishga Finlyandiya, SHveciya, Kanada, AQSH mutaxassislari ham jalb etilgan bo'lib, bu mamlakatlar tajribasidan ham foydalanilmoqda. Biz yangi mavsumni ushbu dastur doirasida boshlashga hozirlik ko'ryapmiz. Yangi mavsumdan boshlab Rossiyadan kelgan mutaxassislar dasturni amalga oshiradilar va uning ishlashini nazorat qiladilar. Hozircha bu "Humo" xokkey maktabida sinovdan o'tkaziladi, ammo imkoni bo'lsa, boshqa xokkey maktablarida ham joriy etila boshlaydi. SHuningdek, O'zbekiston yoshlar terma jamoalarining Qozog'iston chempionatida joriy mavsumda ham ikki, balki uch yosh toifasidagi ishtirokini ham rejalashtirganmiz.
- Joriy yilning may oyida Samarqandda xokkey maktabining taqdimoti bo'lib o'tdi. U qanday maqsadda ishga tushirildi?
- O'XFning strategik maqsadlarida xokkeyni ommalashtirish va uning geografiyasini kengaytirish, shuningdek, ushbu sport turiga ommaviy tus berish asosiy o'rinni egallaydi. SHuning uchun, maqsad aniq - xokkeyga imkon qadar ko'proq odamlarni jalb qilish, birinchi navbatda, hududlarda. Malumki, Samarqandda xokkey arenasi bunyod etigan va albatta, biz u erda xokkey maktabini tashkil qilish imkoniyatini qo'ldan boy bermasdik. Rejalarga kelsak, aholining xokkeyga bo'lgan qiziqishi ortib borayotgani xokkey maktabida bolalarning ko'payishiga, ularning etuk xokkeychi bo'lib etishishiga sabab bo'ladi, degan umiddamiz. Vaqti kelib Samarqandda masterlar jamoasi paydo bo'ladi, u yaqin kunlarda biz yo'lga qo'yadigan Respublika chempionati ishtirokchilaridan biriga aylanadi. SHu bois, Samarqandga O'zbekistonning muz arenasi paydo bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday mintaqasida bo'lgani kabi katta umid bog'langan. Arenalar paydo bo'lgandan so'ng, biz darhol maktab ochish, masterlar jamoasini tuzish va butun xokkey vertikalini qurishga harakat qilamiz.
- Havaskor xokkeyda ishlar qanday ketmoqda? Negaki, hozir O'zbekistonda konkida uchishni biladigan va hatto havaskor darajada o'ynaydiganlar ko'p. Havaskorlar ligasini rivojlantirish rejasi bormi?
– Havaskor xokkey O'XFning ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib, bu sport turini ommalashtirishda muhim ahamiyatga ega. Respublikada havaskor xokkeyning rivojlanishiga to'sqinlik qiladigan bitta kichik muammo bor - bu muz etishmasligi. Endilikda Xokkey federaciyasi ko'magida havaskorlar kechki payt, xususan, "Humo Arena"da konkida uchish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Lekin havaskorlar ligasini to'laqonli tashkil etish uchun havaskorlarning o'zlari ham musobaqada qatnashishlari uchun imkon qadar ko'proq jamoalarni shakllantirish kerak. Bu erda esa ish qo'shma, ikki tomonlama: havaskorlar tashabbus ko'rsatishi, jamoalar zaxirasini shakllantirishi va Liga tuzish taklifi bilan Federaciyaga chiqishi zarur. Biz har doim takliflarga ochiqmiz, lekin shu bilan birga, biz uchun birinchi raqamli ustuvor vazifa - bu bolalar xokkeyi. Biz havaskorlarning ehtiyojlarini qondirishga tayyormiz, lekin bu yoshlar xokkeyining rivojlanishiga zarar etkazilmagan holatda amalga oshishi lozim.
- O'tgan yili O'XF milliy chempionat o'tkazilishini elon qildi, ammo ichki birinchilik o'tkazilmadi. Bu nima sababdan amalga oshmay qoldi? Muxlislar bu yil nimalarni kutishlari mumkin?
- Mavsum davomida amalga oshira olmagan ishlarimiz bor, xususan, Milliy chempionatni o'tkaza olmadik. Ha, biz bu haqda gaplashdik, uni o'tkazishga ham tayyor edik. Homiylar bilan muzokaralar ham olib bordik, ammo, afsuski, ushbu tadbirga homiy topa olmadik. Bu o'tgan mavsum edi, ammo 2022/2023 yilgi mavsumda hali ham O'zbekiston chempionatini o'tkazishni istisno qilmayman. Yaqinda "Humo" jamoasi Qozog'iston Respublikasining Pro Hokei Ligasy Ochiq chempionatida ishtirok etishi haqida bayonot berdik.
- Nima uchun VXL emas, Qozog'iston chempionati tanlandi?
- Pro Hokei Ligasy mavsumdan mavsumga kuchayib boryapti. Ayniqsa, oxirgi ikki yilda saviya va daraja sezilarli darajada o'sgan. VXL bilan taqqoslaganda juda katta tafovut yo'q. Qozog'iston chempionati pandemiyagacha VXLda qatnashgan uchta mahalliy klubning qo'shilishi hisobiga kuchaydi. Keyin Qozog'iston va VXL o'rtasida moliyaviy taraflama farq katta. Biz Qozog'iston chempionatida qatnashish orqali mablag' tejaymiz. Harajatlar smetasi hozirgi holatda biz uchun muhim hisoblanadi. Logistika, yani yo'l bilan bog'liq harajatlar VXLda oshib ketadi. Xokkeychilarning oyliklari ham katta emas. Kamtar harajatlar bo'lgani bilan maqsad avvalgidek yuqori bo'lib qoladi. Boshqa tomondan olib qarasak, "Humo"ning Qozog'iston chempionatida ishtirok etishi Liganing yanada kuchayishi va raqobatiga tasir o'tkazadi. SHu yil may oyida Xalqaro xokkey federaciyasining Kongressida biz qozog'istonlik hamkasblarimiz bilan keng qamrovdagi hamkorlik masalalarini muxokama qilib oldik. Qozog'iston xokkey infrastrukturasi rivojlangan bizga eng yaqin mamlakat hisoblanadi. Qozog'iston xokkey federaciyasida uzoqni ko'ra biladigan, o'z ishining asl ustalari ishlayapti. Bizning xokkey rivoji yo'lida bu imkoniyatdan foydalanmaslik to'g'ri bo'lmasdi. Qozog'iston o'z chempionatiga biz uchun barcha yo'nalishlarda eshiklarini ochmoqda. Bu bolalar xokkeyidan tortib, to professional klublargacha bo'lgan bosqichni o'z ichiga oladi.
- "Humo" muxlislari qanday tarkibni kutishlari mumkin? Tarkibda allaqachon tanilib ulgurgan o'yinchilar bo'ladimi?
- So'ngi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda "Humo"ning ishtiroki, jumladan, jamoaning ehtimoliy tarkibi haqida mish-mishlar va insayd xabarlar paydo bo'ldi. Ularda mualliflarning tegishli va o'rinsiz gaplari bor edi. Ayni paytda faqat murabbiylar shtabi borasida kelishuvga erishildi va tasdiqlandi. Latviyalik mutaxassis Yuris Opulskis bosh menejer etib tayinlandi. Men bosh murabbiy haqidagi malumotlarni tasdiqlayman - Evgeniy Nikolaevich Popixin murabbiylik ishiga qaytmoqda. Joriy mavsumda unga Andrey Vyacheslavovich Nikishov yordamchi bo'ladi. O'yinchilarga kelsak, hozircha shartnomada belgilab qo'yilgan birorta ham o'rinda kontrakt yo'q. Keng ko'lamdagi nomzodlar, jumladan, 2019-2020-yilgi mavsumda "Humo" sharafini himoya qilgan bir necha o'yinchilar bilan muzokaralar faol olib borilmoqda. Murabbiylar shtabi oldida turgan vazifa bu - o'rtacha yoshi 25 da bo'lgan jangovar jamoani yig'ish. "Humo" klubi va barcha xokkey muxlislariga murojaat qilaman. Mavsumga tayyorgarlikning borishi, shu jumladan jamoaning shakllanishi va klubning barcha muhim yangiliklari bo'yicha ishonchli malumotlarni "Humo" xokkey klubining rasmiy internet sahifalaridan olishingiz mumkin.
- Mavsum qachon boshlanadi? Ungacha jamoa tayyor bo'ladimi?
- Rasman Liga starti haqida hali hech narsa elon qilgani yo'q, lekin biz 21 avgustdan Qozog'iston kubogida ishtirok etish uchun tayyorgarlikni boshlaymiz. CHempionat boshlanishi taxminan 10 sentyabrga belgilangan. Tayyorgarlikka keladigan bo'lsak, bugungi xokkeychilar mavsumoldi tayyorgarliklarini olib borishadi, ularni avvalgidek qo'l bilan etaklash shart emas. Jamoa tayyorgarligini umumiy nuqtaga olib chiqish uchun vaqt etarli bo'ladi.
- Muxlislar uchrashuvlardagi ajoyib muhitni eslashadi. Bu mavsumda ham shunday atmosfera bo'ladimi?
- Tribunalardagi bayram muhitini muxlislarning o'zlari yaratmoqda. Umid qilamanki, jamoa o'z uyida munosib qo'llab-quvvatlanadi. Biz ham o'z navbatida "Humo Arena"dagi o'yinlar yuqori saviyada tashkil etilishi, jamoa o'yini muxlislarni ruhlantirib, yondirishi uchun bor kuch-g'ayratimizni ishga solamiz.
Fikrlar