So’nggi yangiliklar

15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0

04 may 21:20
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahodir, Hasanboy va yana ikki vakilimizda g'alabali chiqish! Jahon chempionatining to'rtinchi kuni ham yakuniga etdi

Toshkentda o'tkazilayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining to'rtinchi kuni yakunlandi.

Bugungi kun doirasida to'rt nafar o'zbekistonlik bokschi jang qildi:

Kunduzgi dasturda:

-63,5 kgda 1/16 final jangi: Ruslan Abdullaev - Oer Ibarreche (Ispaniya), (1-raundda TKO).

Kechgi dasturda:

-48 kgda 1/16 final jangi: SHodiyorjon Meliqo'ziev - Rabin Tapa (Nepal), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

-51 kgda 1/32 final jangi: Hasanboy Do'smatov - Alberto Ximenes (Meksika), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

+92 kgda 1/16 final jangi: Bahodir Jalolov - Danis Latipov (Bahrayn), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

SHu tariqa, o'zbek bokschilarining navbatdagi g'alabalariga guvoh bo'ldik, hozircha yo'qotishlarsiz odimlayotgan ikki terma jamoa qoldi: O'zbekiston va Kuba.

MATNLI TRANSLYACIYA


20:40. Bahodir Jalolov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi. SHuningdek, o'zbek bokschilarining JCHdagi muvaffaqiyatli yurishini ham davom ettirdi.

20:35. Ikkinchi raund ham poyoniga etmoqda. Bu raundda ham ustunlik saqlanib qolindi. Ammo harakatlar biroz sekinlashdi. Hisob - 5:0.

20:31. Birinchi raund yakunlandi, bo'y va qo'l uzunligi Bahodirga keskin ustunlikni taqdim etmoqda, bu hisobda ham aks etgan - 5:0

20:26. Jalolov ringga chiqib kelmoqda. Uning jangi start olyapti.

20:15. "Big Uzbek" — Bahodir Jalolovning jangi start olishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda.


19:04. Hasanboy Do'smatov meksikalik raqibini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, 1/16 final bosqichiga yo'l oldi.

18:59. Ikkinchi raundda hisob 4:1 ko'rinishida bo'ldi, umumiy hisob esa 4:0, hamyurtimiz foydasiga.

18:54. Ilk raund yakunlandi. Bu raundda nokaut qayd etilishi mumkin edi, ammo uning o'rniga nokdaun guvohi bo'ldik, albatta hamyurtimiz ijrosida. Hisob 5:0.

18:50. Hasanboy Do'smatovning Alberto Ximenesga qarshi jangi boshlandi.

18:14. SHodiyorning chaqqonligi va ajoyib harakatlari so'nggi raundda ham davom etdi va bu ishonchli g'alabani taqdim etdi. Navbatdagi vakilimiz ham keyingi bosqichda!



18:09. Ikkinchi raundda ham hamyurtimiz o'z ustunligini saqlab qoldi, Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi fan-sektor esa arenani "yondirmoqda".

18:06. Ilk raund yakunlandi, 5:0, SHodiyor foydasiga.

18:01. SHodiyor Meliqo'zievning nepallik raqibiga qarshi jangi start olmoqda.

18:01. Ayni damda "Humo Arena" ringlari shunday ko'rinishga kelgan.



15:25. Endi qariyb uch soatlik tanaffusga chiqamiz. SHodiyor Meliqo'zievning jangida ko'rishamiz)

15:11. "Nima bo'ldi?", - deyayotganlar uchun: Ruslan Abdullaev ispaniyalik raqibini ilk raunddayoq uyiga jo'natishga qaror qildi. Abdullaev nimchorak finalda!

15:06. Ringga o'zbek bokschilarining bugungi ishtirokini boshlab berish uchun Ruslan Abdullaev chiqib kelmoqda.

14:45. Assalomu alaykum, qadrli muxlislar. Biz yana qaytdik. Bir necha daqiqalardan so'ng boks bo'yicha Toshkentda davom etayotgan jahon birinchiligida o'zbek bokschilari o'z yurishlarini davom ettiradi.

Reyting:    

Fikrlar

   
04 may 15:14:56
Samar Uralov
youtubeda translyatsiya yo'qmi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing