28 okt 12:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov AQSHga ketmoqda, u Fyuri yoki Joshua bilan bir oqshomda jang qilishi mumkin
Bu haqida kecha Milliy olimpiya qo'mitasida tashkil etilgan matbuot anjumanida murabbiy To'lqin Qilichev aytib o'tdi.
"Bahodir Jalolov va Murodjon Ahmadaliev 30 oktyabr kuni AQSHga yo'l oladi.
U erda bokschilarimiz prof ringda navbatdagi janglarini o'tkazishadi. Ayni paytda Bahodirni jangini Fyuri yoki Joshua ishtirokida o'tkaziladigan jang oqshomi kardiga joylashtirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Bu biz uchun ham, tashkilotchilar uchun ham foydali qaror bo'ladi. Ular ham o'zbek bokschisini o'z shoularida ko'rishni istashadi", - dedi To'lqin Qilichev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar