12 dek 11:56
Yangiliklar

Bahodir Jalolov jangdan so'ng nimalar dedi?
Og'ir vaznli bokschimiz «Big Uzbek» Jalolov Dubayda kolumbiyalikk Xulio Sezar Kalimenoga qarshi ringga chiqdi. Uchrashuv 46-soniyadayoq Bahodirning nokautli g'alabasi bilan yakunlandi. Bokschimiz jangdan so'ng bildirgan fikrlarida divizonning chempionlari bilan to'qnash kelishga tayyor ekanligini aytdi.
«Alhamdulillah, g'alaba qozondim. Bundan keyingi janglarda ham o'zbekistonliklarni xursand qilishga harakat qilamiz. Biz har doim, kim bilan bo'lsa ham jang qilishga tayyormiz. Men yana bir-ikkita jangdan keyin kim chempion bo'lsa hammasiga qarshi ringga chiqishga tayyorman. Usik, Fyuri, Joshua. Kim bo'lishining farqi yo'q. Menga chempion bilan to'qnash kelish muhim. Maqsadim – og'ir vazndagi 4 ta kamarni O'zbekistonga olib borish», - dedi Jalolov tezkor nokautdan so'ng.
Fikrlar