12 dek 18:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahodir Jalolov kechagi jang haqida: Men hech qachon nokaut qilaman deb ringga chiqmayman
Kecha bokschimiz Bahodir Jalolov navbatdagi g'alabasidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Men hech qachon nokaut qilaman deb ringga chiqmayman. Havaskor boks qo'lqopari juda qalin, unda nokaut qilish qiyin. Bugungi qaysi jang nokaut bilan yakunlandi. SHu sababli ham buni havaskor boks deb ataladi. Professionalda qo'lqop yupqa bo'ladi va shu sababli ham nokaut bo'lish ehtimoli yuqori. Biz qo'limizdan kelganicha harakat qildim. CHiroyli jang bo'ldi deb o'ylayman. IBA prezidenti ham bu jang yoqdi. U ham mendan nokaut kutgan ekan. Endi maqsadimiz: Toshkentdagi jahon chempionatida ajoyib ishtirok etish»,-deb fikr bildirdi Jalolov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar