02 noy 15:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahodir Jalolov keyingi jangini tasdiqladi + POSTER
Prof boksning super og'ir vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Bahodir Jalolov ringga qaytmoqda.
Hamyurtimiz 14 noyabr kuni Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ishtirok etadi. Bu haqda Big Uzbek o'zining Instagram sahifasi orqali xabar berdi.
Jalolov turnir doirasida avval malum qilinganidek, nigeriyalik Solomon Adebayo bilan bahs olib boradi.
Solomon shu kungacha prof boksda 14 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. U 13 ta jangni muddatidan oldin o'z foydasiga hal etgan. Jalolov 16 ta jangining barchasida zafar quchgan.

Havola :
Manba : instagram.com/bakhodirdjalolov
Fikrlar