28 okt 21:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov Lazizbek Mullojonovning ilk jangiga munosabat bildirdi
Og'ir vazn toifasida jahon va Olimpiya o'yinlari g'olibi Bahodir Jalolov Lazizbek Mullojonovning ilk jangiga munosabat bildirdi.
"Birinchi jang doim barcha bokschi uchun qiyin bo'ladi. Menimcha, u tavakkal qilishni istamadi. Og'ir vaznda bitta zarba barchasini hal qilishi mumkin, shu sababli ham ikkita raundda ustunlikka erishib, uchinchisida biroz ehtiyotkorroq harakat qildi. Menimcha, navbatdagi janglarda yanada yaxshi harakat qiladi. Uni chempion bo'lishiga ishonaman. Bo'lajak bahslarda unga va qolgan bokschilarimizga omad tilayman",-dedi Bahodir Jalolov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar