15 noy 23:50
Yangiliklar
Bahodir Jalolov: "O'zbekiston hozirda havaskor boks vatani hisoblansa, tez orada professional boks vataniga aylanishiga ham ishonamiz"
Unda markaziy jang ishtirokchisi, o'zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
"O'zbekiston hozirda havaskor boks vatani hisoblansa, kelajakda professional boks vataniga aylanishiga ham ishonamiz. 17 noyabr kuni chiroyli jang ko'rsatishga harakat qilamiz".
SHuningdek, Bahodir bir vaqtning o'zida ham havaskor, ham professional boksda faoliyat olib borayotganini quyidagicha izohladi:
"Biz hozir havaskorda ham jang qilyapmiz, professional boks bilan birgalikda. Maqsadimiz ikki karra Olimpiada chempioni bo'lish. Hammaning o'zini maqsadi bo'ladi. Olimpiadadan keyin katta raqiblar bilan jang qilamiz. Biz shu kungacha raqib tanlamaganmiz. Top-10dagi raqiblarni bersa ham jang qilaveramiz. Hammasining o'z vaqti bor", - dedi Jalolov.
Eslatib o'tamiz, 17 noyabr kungi boks oqshomida Bahodir Jalolovga JAR vakili Kris Tompson raqiblik qiladi.
Fikrlar