11 dek 15:02
Yangiliklar

Bahodir Jalolov, SHohjahon Ergashev, Xurshid Tojiboev va boshqalar. Bugun 6 nafar bokschimiz jang qiladi
Bugun BAAning Dubay shahrida Bahodir Jalolov (8-0, 8 KO) kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimeno (5-4-1)ga qarshi ringga chiqadi. Uchrashuv Sport TV orqali jonli tarzda namoyish qilinadi. Jang Toshkent vaqti bilan soat 21:20 da boshlanadi.
SHohjahon Ergashev (20-0, 18 KO) tailandlik Aekkavi Kaevmani (23-13-0, 11 KO) bilan to'qnash keladi. Oqshom Zo`r TV orqali 17:00 dan boshlab translyaciya qilinadi.
Yana bir prof bokschimiz Xurshid Tojiboev (5-0, 3 KO) esa Qozog'istonning Almaty shahrida tashkil etilayotgan oqshomda ringga ko'tariladi. Ushbu jangda vakilimizga rossiyalik Pavel Malikov (16-4-1, 6 KO) raqiblik qiladi.
SHuningdek, Tojiboev bilan bir oqshomda Muhammadsalim Sotvoldiev (7-4-2, 3 KO) mezbon bokschi Rahat Seitjan bilan jang qiladi.
Mansur Abdumamatov (6-4, 1 KO) qozog'istonlik Ray Seitjan (8-0, 5KO)ga qarshi ringga chiqadi.
Yana bir bokschimiz Baxit Abdurahimov (10-15, 4 KO) mezbonlar vakili Aydos Meder (8-0) bilan to'qnash keladi. Ushbu kechada ringga ko'tariladigan barcha vakillarimiz ishtirokidagi janglar 8 raundga mo'ljallangan. Oqshom Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oladi.
Fikrlar