07 fev 14:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahodir Jalolov Spilmont bilan bekor qilingan jangi haqida: "Iqlimni o'zgartirsam shunday bo'lib turadi"
O'zbekistonlik super og'ir vaznli bokschi Bahodir Jalolov (14-0, 14 KO) franciyalik Devid Spilmont (16-8-1, 11 KO) bilan bekor qilingan jang haqida gapirdi.
"Arzimas hodisa tufayli jang bekor qilindi. Raqibim ham, men ham jang qilmoqchi edik. Afsuski, komissiya ruxsat bermadi. Menda bolalikdan bu holat bor. Boshqa mamlakatga sayohat qilganimda yoki iqlimni o'zgartirganimda sodir bo'lib turadi. Bu professional boksga qaytib olish uchun juda katta imkoniyat edi. Endi men havaskor emasman. Bor etiborimni faqat professional kareramga qaratganman. Men har qanday katta janglarga tayyorman", dedi Jalolov.
Havola :
Manba : TheRing
Fikrlar