So’nggi yangiliklar

16:32Рамазон Темиров Таиландда Холмурод Нурматов билан бирга шуғулланяпти (ФОТО) 0 15:58Боб Арум: "Ломаченконинг муаммолари бор" 0 15:27UFC 316 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 14:53Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради 0 14:27“Eindhoven Cup”. Бугун боксчиларимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилишади 0 13:57Tashkent W15 турнирида финалчилар аниқланди 0 13:29UFC 316 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 13:04Неймар коронавирус юқтириб олди 0 12:36Икки Олимпиада чемпионимиз "Эйндховен кубоги"да иккинчи жангларини ўтказишди 0 12:11Дзюдо бўйича ўсмирлар терма жамоамиз Сочи ва Горига жўнаб кетди 0 11:39"Ролан Гаррос". Аёллар ўртасидаги бош соврин ҳамда €2,550,000 кимга насиб этди? 0 11:14Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади 0 10:45Алекс Перейра қачон навбатдаги жангини ўтказмоқчи эканлигини айтди 0 10:02UFC 316. Двалишвили муддатидан олдин ғалаба қозонди ва камарини муваффақиятли ҳимоя қилди 0 09:23UFC 316 турнирининг co-main event жанги муддатидан олдин якунланди 0

19 dek 17:34
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahodir Jalolov terma jamoada kimni o'ziga munosib o'rinbosar deb bilishini aytdi

Ikki karra Olimpiya o'yinlari chempioni Bahodir Jalolov kichik intervyu berdi.

– Terma jamoada o'rningizga kimni munosib nomzod deb bilasiz?

"Jamoamizda kuchli va iqtidorli yigitlar ko'p. SHaxsan o'z fikrimni aytadigan bo'lsam, Jahongir Zokirov asosiy bokschiga aylansa kerak. Unda bu uchun barcha imkoniyat, kuch va texnika etarlicha. Uning kelgusi Olimpiadada ham natija ko'rsatishiga ishonaman".

– Siz uchun professional boksning eng og'ir vazn toifasidagi qaysi yo'nalish kamari nufuzliroq?

"Hamma kamarning o'ziga yarasha tarixi, nufuzi bor. Men uchun ular orasida WBC yo'nalishi ko'proq qiziqish uyg'otadi. CHunki ko'p chempionlar yashil rangdagi shu kamarni orzu qilishgan. SHuning uchun WBC kamari nisbatan obro'liroq tuyuladi".

– Professional boksda kamar qo'lga kiritishingiz uchun qancha vaqt kerak deb o'ylaysiz?

"Hozir hech narsa deb bo'lmaydi. Menga chempionlik jangini berishsa, uni bajonidil qabul qilaman. Balki bu yaqin oylarda bo'lib ketar. Balki 1 yil yoki 2 yil talab etilar, bilmadim. Aytganimdek, vaqt bo'yicha hech narsa deb bo'lmaydi. Lekin men doim bunga tayyor turaman", dedi Jalolov.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing