10 noy 17:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahodir Jalolov Usik bilan nima haqida gaplashganini aytdi
Bahodir Jalolov bir necha kun oldin Saudiya Arabistonida tashkil etilgan yulduzli boks oqshomida mehmon bo'lgandi.
O'sha erda u superog'ir vazn toifasi chempioni Aleksandr Usik bilan ham ko'rishgandi.
"Usik bilan gaplashdim, u menga ikkita jangdan keyin faoliyatini tugatmoqchi ekanligini aytganday bo'ldi. Mutlaqoq jahon chempioni bo'lgandan keyin faoliyatini tugatmoqchi ekan.
Bokschida jarohat bo'ladi, o'ylashimcha Usikda ham jarohatlar ko'p. SHuninig uchun ham u boksdan ketmoqchi bo'lsa kerak" - dedi Bahodir Jalolov.
SHuningdek, Jalolov Usik bilan jang qiladimi yoki yo'q degan savolga javob berdi.
"Usikka istagan payt chaqirishini va u bilan jang qilishimni aytdim" - deya qo'shimcha qildi Jalolov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar