So’nggi yangiliklar

19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0 19:31Хамзат Чимаевни мағлубиятдан сўнг дарҳол жангга чорлашди 0 19:10Ўзбекистон ва Россия дзюдо федерациялари стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 0 18:4937 ёшли Мхитарян ёзда фаолиятини якунлаши мумкин 0 18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0

08 iyu 11:39
Yangiliklar

Boks/MMA, Taekvondo

Bahodir Jalolov va Dmitriy Xvanni tabriklaymiz!

Bugun taniqli bokschimiz, jahon chempioni Bahodir Jalolov va taekvondo bo'yicha murabbiy Dmitriy Xvan o'z tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda.

Bahodir Jalolov 1994 yil 8 iyul kuni Surxondaryo viloyatida tug'ilgan. Jalolov Boks bo'yicha eng og'ir vazn toifasida ikki karra Osiyo chempioni, jahon chempioni hisoblanadi. 2019 yil Ekaterinburgda o'tgan JCHda zafar quchgan hamyurtimiz musobaqaning eng yaxshi bokschisi deb topilgan. SHuningdek, ushbu muvaffaqiyatidan so'ng muhtaram Prezidentimiz tomonidan “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Professional boksda 6 ta jang o'tkazib, ularning barchasida nokaut bilan g'alaba qozongan. Rio-2016 Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi. Joriy yil Iordaniyada o'tkazilgan Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi licenzion turnirda zafar quchib, yana bir Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan.

Dmitriy Xvan 1980 yil 8 iyul kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Taekvondoning WT yo'nalishi bo'yicha terma jamoamizning tajribali murabbiylaridan biri. Uning shogirdlari orasida ko'plab xalqaro musobaqalar g'olib va sovrindori, Rio-2016 Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Nigora Tursunqulova, o'smirlar o'rtasida JCH finalchisi Amir To'raev kabi taekvondochilarimizni uchratish mumkin. 2018 yil “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.

Fursatdan foydalanib, har ikki tavallud ayyom sohiblarini bugungi unutilmas kun bilan tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik, ulkan g'alabalar tilaymiz. 

Reyting:    

Fikrlar

   
08 iyu 19:28:40
Сурхон Барлос
Олимпиада ҳамда профда энг юқори ўринни насиб қилсин
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing