So’nggi yangiliklar

21:40Ҳасанбой Дўсматовда ғалаба, Холдаров эса... 0 19:16Фьюри Усик билан жанг режаси ҳақида гапирди 0 18:55Стерлинг реваншда О'Мэллини мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:34Саудия клублари АПЛнинг 4 юлдузини нишонга олмоқда 0 18:13Колби Ковингтон Чарльз Оливейрани жангга чорлади 0 17:52Алжамэйн Стерлинг Мовсар Евлоевнинг "вызов"ига "ответ" қилди 0 17:31"Ролан Гаррос" wild card соҳиблари маълум бўлди 0 17:10ОКМК кеча тарихий ғалабага эришибди 0 16:50UFC чемпиони Лигани гонорар масаласида жиддий танқид қилди 0 16:29Дунёнинг иккинчи ракеткаси "Ролан Гаррос"ни ўтказиб юбориши мумкин 0 16:08Дана Уайт сентябрь ойида мухлисларни катта воқелик кутиб турганини эълон қилди 0 15:47"Реал" Ла Лигада 34 йиллик рекордни янгилади 0 15:26Илия Топурия жанг қачон деган саволга жавоб берди 0 15:05Гилберт Бёрнс Рўзибоевни мағлуб этган Бакли билан жанг қилишга рози бўлди 0 14:44Дунёнинг бешинчи ракеткаси ҳам 1/4 финалга чиқди 0

11 avg 16:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahodir Jalolovning azaliy raqibi Richard Torres bu safar bokschimiz bilan prof boksda jang qilish niyatida!

Og'ir vazn toifasida amerikalik professional bokschi Richard Torres (5-0) mazkur vazndagi hamyurtimiz Bahodir Jalolov (12-0) bilan jang qilish niyatida.

Xabar berganimizdek, Bahodir Jalolov avvalroq, taniqli boks promouterlik kompaniyasi TopRank mijoziga aylangan edi, qizig'i, Richard Torres ham aynan mazkur kompaniya jangchisi hisoblanadi. Torres bu holatga munosabat bildirar ekan, Jalolov bilan yana jang qilish imkoniyati tug'ilganini takidladi:

"U TopRank kompaniyasi bilan shartnoma qilganida, men endi bizning kesishuvchi yo'llarimiz bor, deb o'yladim. Bizning janglarimiz anchadan beri muhokama qilinmoqda. Bir kun kelib biz buni yana takrorlay olamiz. Endi albatta o'sha kun bo'ladi.

Har safar u bilan jang qilganimda, yanada yaxshiroq holatda bo'lar edim. Endi yana shunday imkoniyat borligidan hursandman", - dedi Richard Torres BoxingScene nashriga bergan intervyusida.

Qayd etish joiz, Bahodir Jalolov va Richard Torres havaskor boksda ikki bor to'qnash kelgan va har ikki jangda Bahodir Jalolovning qo'li baland kelgan.

Malumot uchun, Richard Torres 12 avgust kuni prof boksdagi oltinchi jangini o'tkazadi, unga o'sha kuni hamyurti Uilli Jeyk Junior (11-3-2) raqiblik qiladi. Bahodir Jalolov esa 26 avgust kuni AQSHda nigeriyalik Onoriode Ehvarieme (20-2-0) bilan jang qiladi.



Reyting:    

Fikrlar

   
12 avg 09:17:04
Эркин Якубов
Шунча таёқ жегани камма бу бачага
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing