07 dek 16:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi malum bo'ldi
Xabar berib o'tganimizdek, 11 dekabr kuni Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov ringga ko'tariladi.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, Dubay shahri mezbonlik qiladigan boks oqshomida hamyurtimizga kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimeno raqiblik qiladi.
Malumot uchun, 32 yoshli Kalemino shu kungacha prof boksda 5 ta jang o'tkazgan va ularning 4 tasida g'alaba qozongan. 1 ta jangda esa mag'lubiyatga uchragan.
Bahodir Jalolov esa professional boksda 8 marotaba ringga ko'tarilib, ularning barchasida raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar