11 dek 22:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolovning qozog'istonlik raqibi Qamshibek Konkabaev WBA kamarini qo'lga kiritdi
Qozog'istonning Almati shahrida professional boks oqshomi yakuniga etdi.
Kechaning markaziy jangida og'ir vaznli Qamshibek Konkabaev britaniyalik Stiven Uordga qarshi ringga ko'tarildi.
WBA Gold kamari uchun tashkil etilgan 12 raundlik jang muddatidan oldin yakunlandi.
Beshinchi raundda Konkabaev raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Ettinchi raundda esa Uord ko'zidagi jarohat sabab jangni davom ettira olmadi.
Ushbu g'alaba orqali Konkabaev WBA Gold kamari sohibiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar