29 noy 09:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolovning sobiq raqibi muddatidan oldin g'alabaga erishdi
Tunda Britaniyada professional boks oqshomi tashkil etildi.
Unda britaniyalik ikki engilmas superog'ir vaznli bokschilar Jo Joys va Daniel Dyubua o'zaro to'qnash kelishdi.
Jang 12 raundga mo'ljallangandi. 10-raundga kelib Dyubua navbatdagi djeb zarbasini o'tkazib yubordi va ringga o'tirib qoldi. SHundan so'ng u jangni davom ettira olmadi.
SHu tariqa, Joys prof ringdagi 12-jangida 12-g'alabasiga erishdi. Dyubua esa faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Ushbu g'alaba orqali Joys EBU European, EBU European, Commonwealth (British Empire), BBBofC British kabi kamarlarni qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Joys Rio Olimpiadasida o'zbekistonlik Bahodir Jalolov ustidan ham g'alabaga erishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar