So’nggi yangiliklar

15:10Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон шахматчиларининг иккинчи кунги ўйинларидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 14:46Расман: Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Осиё ўйинларида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди 0 14:32Триатлончиларимизнинг Аичи-Нагоя-2026 Осиё ўйинлари учун таркиби маълум. Француз спортчимиз ҳам Японияга боради 0 13:45Осиё ўйинлари. Ўзбекистон аёллар МТЖ Хитой билан дуранг ўйнади 0 13:14Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. Бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 12:53Бобур Абдулазизов илк бор Тошкентда ўтказиладиган IBA Nomad турнирида жанг қилади. Рақиб эски таниш (ПОСТЕР) 0 12:05Ҳиндистон шахмат терма жамоаси Самарқандда ташкилий муаммога дуч келди 0 11:22Ўзбекистон Кубоги чорак финалига қуръа ташланди 0 09:45Оксана Чусовитина ҳам Осиё ўйинларига боради! 0 22:05Аичи-Нагоя. Замонавий бешкурашчиларимиз Осиё ўйинларидаги иштирокини бошлашди 0 21:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Олтита терма жамоамиз ҳам мусобақани ғалаба билан бошлади 0 19:02Макгрегор Холлоуэйга қарши жангдаги мағлубиятдан норози 0 18:24"Насаф"нинг Осиё Чемпионлар Лигаси 2 мусобақаси 1-туридаги рақиби ҳақида 0 17:45Акбар Абдуллаев ва яна 3 нафар спортчи DWCS турниридан кейин UFC билан шартнома имзолади 0 17:12Сув полочи қизларимизнинг Осиё ўйинларида қатнашадиган таркиби эълон қилинди 0

29 iyu 21:27
Yangiliklar

Boks/MMA, Qilichbozlik, Dzyudo, Parij-2024

Bahodir va Ruslanda g'alaba, qolgan sportchilarimiz esa... (Olimpiadada 3-kunning barcha natijalari)

Teglar :  Parij-2024
29 iyul kuni Parij Olimpiadasida uchinchi kun bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Unda ishtirok etgan o'zbekistonlik sportchilar quyidagi natijalarni qayd etishdi: 


Dzyudo (57 kg). SHukurjon Aminova ilk bosqichda Kot D'Ivuar vakilini mag'lub etdi, ikkinchi davrada esa gruziyalik raqibasiga yutqazdi. 

Dzyudo (73 kg). Murodjon Yo'ldoshev ilk bahsda qozog'istonlik raqibidan ustun keldi, ikkinchi bosqichda moldovalik dzyudochiga yutqazdi. 

Qilichbozlik (sablya). Zaynab Dayibekova ilk bosqichda koreyalik YU Jinsuga 11:15 hisobida yutqazdi. 

Akademik eshkak eshish. Engil vaznli juftlik (o'tish bosqichi). SHahzod Nurmatov va Sobir Safaraliev tandemi saralashda marraga 4-bo'lib etib kelishdi.

Suzish (800 metrga erkin usulda). Ilya Sibircev saralashda omadsiz ishtirok etdi. 

Boks (63,5 kg). Ruslan Abdullaev nimchorak finalda meksikalik Migel Ramiresni 5:0 hisobida mag'lub etdi. 

Boks (+92 kg). Bahodir Jalolov nimchorak finalda norvegiyalik Omar SHihadan 5:0 hisobida ustun keldi. 




Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilarning qayd etayotgan natijalaridan xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ladi. 

SAHIFANI YANGILASH



20:04. Bahodir Jalolov norvegiyalik Omar SHihaga qarshi ringga ko'tarildi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi! U jang davomida raqibini ikki marotaba nokdaun holatiga ham tushirib qo'ygandi. 


19:45. Bahodir Jalolov ishtirokidagi jang boshlanishiga oz qolmoqda. 


16:00. Murodjon Yo'ldoshev Olimpiadadagi ikkinchi jangini moldovalik Adil Osmanovga qarshi o'tkazdi va uchta shido evaziga imkoniyatni boy berdi. 


15:25. Dzyudochi qizimiz SHukurjon Aminova gruziyalik raqibasiga qarshi bahs olib bordi va afsuski imkoniyani boy berdi.


15:21. -63,5 kg vaznli bokschimiz Ruslan Abdullaev meksikalik raqibga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi.


14:55. SHukurjon Aminova endi gruziyalik Eteri Lipartelianiga qarshi (taxminan 15:05 dan so'ng), Murodjon Yo'ldoshev esa makedoniyalik Adil Osmanovga qarshi (taxminan 15:25 dan so'ng) tatamiga chiqadi.


14:42. Suzuvchimiz Ilya Sibircev 7:56.67 natija bilan marraga to'rtinchi bo'lib etib keldi. U katta ehtimol finalga chiqa olmaydi. 


14:32. -73 kg vaznli dzyudochimiz Murodjon Yo'ldoshev qozog'istonlik raqibga qarshi tatamiga chiqdi va g'alaba qozondi! Raqibdagi uchta shido evaziga vakilimiz keyingi bosqichga chiqdi.


14:14. Dzyudochimiz SHukurjon Aminova ilk bosqichda Kot d'Ivuar vakilasiga qarshi bahs olib bordi va raqibasidagi uchta shido evaziga g'alaba qozondi!


14:05. Zaynab Dayibekova afsuski Tokio Olimpiadasi sovrindori hisoblangan koreyalik Jisu Yonga 11:15 hisobida imkoniyatni boy berdi. SHu tariqa Zaynab uchun Olimpiada birinchi davradayoq yakunlandi.


13:55. Akademik eshkak eshuvchilarimiz marraga 4-bo'lib etib kelishdi.



Bugun quyidagi sportchilarimiz bahslarda qatnashishadi: 

13:00 dan so'ng. Dzyudo (57 kg). SHukurjon Aminova - Zuleyxa Dabonne (Kot d'Ivuar), (1/16 final)

13:00 dan so'ng. Dzyudo (73 kg). Murodjon Yo'ldoshev - Daniyar SHamshaev (Qozog'iston), (1/16 final)

13:25. Qilichbozlik (sablya). Zaynab Dayibekova - YU Jinsu (Koreya Respublikasi), (1/16 final)

13:40. Akademik eshkak eshish. Engil vaznli juftlik (o'tish bosqichi). SHahzod Nurmatov va Sobir Safaraliev)

14:28. Suzish (800 metrga erkin usulda). Ilya Sibircev, (saralash, 1-guruh)

15:04. Boks (63,5 kg). Ruslan Abdullaev - Migel Ramires (Meksika), (nimchorak final)

20:06. Boks (+92 kg). Bahodir Jalolov - Omar SHiha (Norvegiya), (nimchorak final).

Reyting:    

Fikrlar

   
29 iyu 22:20:05
Samcity
Boks yutdi qolganlari o'tirib qo'ydi deyaveringlar
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing