15 fev 10:30
Yangiliklar

Baku Grand Slam. Bugun ikkinchi kungi bahslarda 6 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Bugun ikkinchi kungi bellashuvlarda terma jamoamizning 6 nafar dzyudochisi medallar hamda jahon reytingi uchun taqdim etiladigan ochkolar uchun tatamiga chiqadi. Kechagi kun doirasida eng yaxshi natijamiz 5-o'rin bo'ldi. Musobaqada asosan yosh dzyudochilarimiz ishtirok etyapti.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari:
-63 kg: Marjona Nurulloeva - Seulmi Heo (Koreya Respublikasi)
-70 kg: SHirinjon Yo'ldosheva - Aoife Kulan (Avstraliya)
-73 kg: Obidxon Nomonov - Denis Viyeru (Moldova)
-73 kg: Inoyat Telmanov - Manuel Parlati (Italiya)
-81 kg: Nodirbek Mavlonberdiev - Francua Guter (Kanada)
-81 kg: Arslonbek Tojiev - Luan Almeyda (Braziliya)
Malumot uchun, musobaqaning ikkinchi kungi saralash bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 12:30da boshlanadi.
Fikrlar