So’nggi yangiliklar

00:47Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги тўлиқ давом этди. Жангда нокдаун қайд этилди 0 23:15Шоҳжаҳон Эргашевнинг Тошкентдаги жанги жанжал билан ниҳоясига етди (ФОТО) 0 21:11Муҳиддин Мамажоновнинг IBA Nomad 16 турниридаги жанги муддатидан аввал якунланди 0 19:21Полина Кудерметова Ningbo Open саралашининг иккинчи босқичига чиқди 0 18:50Мадримов ўз ўрнини сақлаб қолган The Ring рейтингининг кучли учлигида ўзгаришлар бўлди 0 18:19Каратэ WKF. Жавоҳир Жаҳонгиров жаҳон чемпиони! 0 17:48"Реал" қишда янги футболчилар сотиб оладими? Моуринью жавоб берди 0 17:17Адесанья ва Шара Буллет жанги ноябрда Қатарда ўтказилиши мумкин — манба 0 16:45Саидёқуб Қаҳрамонов ва Холмурод Нурматов жанг қиладиган Душанбедаги ACA 209 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 16:12Бугун беш нафар боксчимиз жаҳон чемпионатидаги ўз юришини бошлайди 0 15:30Португалия футбол федерацияси Роналду бўйича ўз позициясини маълум қилди 0 14:43Пэдди Пимблетт кейинги жангини 2027 йил баҳорида ўтказиши мумкин 0 14:05Накамура Синдаровга жаҳон чемпионати олдидан ёрдам беряптими? 0 13:27Бугун Баҳодир Жалолов жанг қилади (тўлиқ кард) 0 12:45Суперлига. Бугун турнинг марказий учрашуви бор 0

17 fev 12:34
Yangiliklar

Dzyudo

Baku Grand Slam yakunlandi, navbat Tashkent Grand Slam turniriga!

Uch kun davomida Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnirga mezbonlik qildi.

Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi musobaqada sayyoramizning 4 qitasi 36 davlatidan jami 258 (166 erkak, 92 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahs olib bordi. 

Yaponiya uchun atalgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasining katta tarkibdagi dzyudochilari ham o'z omadlarini sinab ko'rishdi. Turnirda asosan yosh, xalqaro tajribasi kam bo'lgan dzyudochilarimiz ishtirok etishdi. Medal qo'lga kiritilmagan bo'lsa-da, lekin yoshlar o'zlari uchun tajriba olishdi. Bronza medali uchun kurashgan Azizbek Ortiqov yakunda beshinchi o'rinni egalladi. So'g'diyona Rafkatova, Marjona Nurulloeva, Azizbek Avazmurodov va Rustam SHorahmatov 7-o'rinni band etdi.    

Medallar jamg'armasi bo'yicha dzyudo vatani vakillari mutlaq etakchi bo'lishdi. Boku "Katta Dubulg'a" turniri xuddi Yaponiya chempionatiga o'xshab ketdi. Kunchiqar yurt dzyudochilari 10 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Kuchli uchlikka Germaniya va Ozarbayjon terma jamoalari yakun yasab berdi. Jami 22 ta davlat delegaciyalari o'z uylariga musobaqaning kamida bitta bronza medali bilan qaytishdi. 

Baku Grand Slam yakuniga etdi, endi navbat Tashkent Grand Slam turniriga! 28 fevral - 2 mart kunlari poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasi "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi. O'zbekiston terma jamoasi mezbon sifatida har bir vazn toifasida 4 nafardan dzyudochi bilan qatnashish imkoniyatiga ega. Hozirgacha 3 qitaning 25 davlatidan jami 266 (130 erkak, 136 ayol) nafar dzyudochi Toshkentga kelishini tasdiqlagan. Hali bu son ortib boradi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing