16 iyu 16:46
Yangiliklar
Dzyudo

Barakalla, Arslonbek Tojiev ikki karra Olimpiada chempionini mag'lub etdi + FOTOGALEREYA
Vengriyaning Budapesht shahrida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
-81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan dzyudochimiz Arslonbek Tojiev ikkinchi bosqichda ikki karra Olimpiada chempioni, uch karra Olimpiya o'yinlari sovrindori, 3 karra jahon chempioni, jahon chempionatlarining ikki karra bronza medali sohibi, yaponiyalik Takanore Nagaseni sakkiz daqiqa davom etgan murosasiz bellashuvda mag'lubiyatga uchratdi.
Endi Tojiev 1/8 finalda misrlik Abdelrahman Abdelg'aniga qarshi tatamiga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar