25 sen 17:40
Yangiliklar

"Barcha jangga jiddiy qarash lozim". To'lqin Qilichev Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi anonsiga munosabat bildirdi
Ushbu jang yuzasidan Bahodir Jalolovning murabbiyi To'lqin Qilichevning fikrlari bilan qiziqdik.
"Bu biz uchun kerakli jang. Hozir bizga qaerda va kimga qarshi bo'lishidan qati nazar - jang muhim.
Rossiyadagi har bir jang murakkab o'tadi. CHunki, yaxshi bilasiz - Rossiyada dunyodagi kuchli boks maktablaridan biri bor.
Boks rivojlangan davlatlarda o'tkazilgan har bir jang kuchli jang bo'ladi. Har bir raqibning o'ziga yarasha kuchli jihati bo'ladi. SHuning uchun, har bir raqibga to'g'ri tayyorgarlik ko'rish kerak bo'ladi. Barcha jangga jiddiy qarash lozim.
O'ylaymanki, Bahodir buning uddasidan chiqadi va chiroyli jang o'tkazadi", - dedi To'lqin Qilichev olamsport.com sayti muhbiri Aziz To'xtamurodov bilan suhbatda.
Fikrlar