05 iyu 07:59
Yangiliklar
Futbol
"Barsa" Roke bo'yicha bitimni 35+10 mln evro evaziga yopdi. Tovon puli – milliard evro, bonuslardan biri "Oltin to'p" uchun
"Barselona" Vitor Rokening transferi bo'yicha bitimni yopdi.
Mundo Deportivo'ning malumotiga ko'ra, bitim narxi 35+10 mln evroni tashkil etadi. Roke 2029 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi, tovon puli – 1 mlrd evro. Braziliyalik "Barselona"ga yanvarda qo'shiladi.
Qayd etish kerakki, "Atletiko Paranaense" bitimga 18 yoshli o'yinchining "Oltin to'p" uchun kurashda top-3ga kirishi va ushbu mukofotni yutishi uchun klubga bonusni kiritdi.
Forvard joriy mavsum "Atletiko Paranaense" safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar