04 apr 16:19
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" va "Atletiko" Kamada uchun kurashadi
Ikki ispan grandi "Ayntraxt" Frankfurt futbolchisi Daichi Kamada uchun kurashga qo'shildi.
"Borussiya" Dortmundga o'tishi mumkin ekani haqida xabar qilingan 26 yoshli hujumkor yarim himoyachi yozda erkin agentga aylanadi. Uning hozirgi klubini tark etishiga hech qanday shubha yo'q. Barcha ko'rsatkichlar shunga dalolat qilmoqda.
Aytilishicha, Yaponiya terma jamoasi azosi mahalliy Bundesliga jamoalaridan tushayotgan takliflardan ko'ra La Liga klubiga o'tishni afzal ko'radi. SHu bois uning imzosi uchun ispan klublari ishga kirishdi.
Kataloniyaning "Barselona" klubi yozgi transferlar oynasida moliyaviy holati tufayli amaldagi klubi bilan shartnomasi tugagan yuqori saviyali o'yinchilarni o'ziga jalb qilishga urinadi. Daichi Kamada aynan shunday o'yinchilardan biri bo'lishi mumkin.
Havola :
Fikrlar